09:45 / 23.06.2015
2342

Aguero tvitterdagi folloverlari bilan antiqa uslubda yozishma olib bordi

Argentinalik hujumchi Serxio Agueroning o‘z tvitteridagi folloverlariga o‘ziga xos tarzda javob qaytargani tasvirlangan videolavha internetda paydo bo‘ldi.

Ayni vaqtda kichik jarohati tufayli Argentina terma jamoasining Amerika kubogi-2015 turniridagi keyingi o‘yinlarida maydonga tusha olmayotgan Aguero to‘p bilan mashq qilishdan uzoqlashmagan.

U "Gilette" reklamasida suratga tushish barobarida tvitterdagi folloverlari bilan muloqot o‘tkazishning antiqa uslubidan foydalangan.

Bu reklama roligida uning ro‘parasida ulkan klaviatura, oyoqlari ostida esa o‘nlab koptoklar turadi. Ulkan klaviatura esa Agueroning tvitteriga ulangan bo‘lib, u klaviaturadagi harflarni to‘p bilan aniq mo‘ljalga olishi evaziga uning akkauntida tvit yozila boradi.

Aguero bu jarayon davomida bir necha tvitlarga javob bergan hamda "Vamos Argentina!" deya alohida tvit yozgan.

Top