15:36 / 23.06.2015
1530

As: "MYu" Ramosni olish uchun De Xeaga 30 mln yevro qo‘shib bermoqchi

"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Serxio Ramosni sotib olish uchun navbatdagi taklif bilan chiqqan. 

As nashrida yozilishicha, Ispaniya terma jamoasining 29 yoshli a'zosi uchun "MYu" darvozabon David De Xea va qo‘shimcha 30 million yevro taklif qilgan

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, "MYu" Ramosga yiliga soliqlardan tashqari 12 million yevro maosh to‘lashni rejalashtirgan, "Real" esa bu futbolchiga yiliga 8 million yevro taklif qilgandi.

Top