15:07 / 23.06.2015
1222

"Atletiko" Jyekson Martinesni 35 mln yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

"Portu" jamoasining kolumbiyalik hujumchisi o‘z faoliyatini Ispaniyaning "Atletiko" jamoasida davom ettiradi.

 Marca nashrida yozilishicha, "matraschilar" jamoasi bu 28 yoshli futbolchi uchun 35 mln yevro to‘laydi.

Nashrda ma'lum qilinishicha, ushbu shartnoma haqida futbolchining imzosidan keyin rasman e'lon qilinadi.

Madridliklar jamoasi bu hujumchini biroz oldinroq jamoani tark etib, "Yuventus"ga yo‘l olgan Mario Manjukichning o‘rniga transfer qilishgani aytilmoqda.

Top