06:32 / 23.06.2015
7657

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni o‘z uyida o‘ldirildi

21 iyun kuni kechasi boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Xuan Xose Estrada olamdan o‘tdi. U o‘z tanishlari bilan kelib chiqqan janjal paytida pichoq tig‘idan olingan jarohatdan halok bo‘lgan. Bu haqda Vanguard xabar berdi.

Tergovchilarning aniqlashicha, bu foija uning Tixuane shahridagi uyida sodir bo‘lgan va u o‘z qarindoshi tomonidan o‘ldirilgan. Estrada tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgunicha jon bergan.

Qayd etish joiz, 51 yoshli bu sobiq jahon chempioni oxirgi yillarda ishsiz edi.

Top