14:30 / 23.06.2015
2203

Yerevandagi namoyishchilarni tarqatish chog‘ida 237 kishi hibsga olindi

Yerevanda norozilik namoyishiga chiqqanlarni tarqatish chog‘ida 237 kishi hibsga olindi. Bu haqda politsiya matbuot kotibi Ashot Agaroyanga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, namoyishchilarning 10 nafari jarohatlangan.
Agaroyanning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilardan 11 nafari u yoki bu darajada aziyat chekkan.
Namoyishlar joyidan sovuq qurollar topilgani aytilmoqda.

Top