Italiyaning “Kataniya” futbol klubi rahbariyatining 7 nafar xodimi kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishda gumon qilinib hibsga olindi.
Corriere Dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida klub prezidenti Antonio Pulvirenti, vitse-prezident Pablo Kosentino hamda klubning sobiq sport direktori Daniele Delli Karri bor.
Ularga qalloblik bo‘yicha ayblov e'lon qilinib, ular 2014/15 yillardagi mavsumda Italiya B seriyasi o‘yinlari natijalarini sotib olganlikda gumon qilinmoqdalar.