10:48 / 23.06.2015
1512

Mario Manjukich bolaligidan "Yuventus"ga muxlislik qilganini aytdi

Xorvatiyalik 29 yoshli hujumchi Mario Manjukich o‘zining "Yuventus" jamoasiga o‘tishi munosabati bilan jamoa sayti uchun intervyu berdi.

"Men bolaligimdan "Yuventus" muxlisiman. O‘z vaqtida ilk o‘ynagan jamoam "Maroniya"ning ham liboslari "Yuventus"niki kabi yo‘l-yo‘l chiziqli edi. Men bu jamoaga kelganimdan juda xursandman.

Men "Yuventus" behisob muxlislarga ega buyuk jamoa ekanligini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib turibman. Bu yerda ajoyib muhit hosil bo‘lgan. Bu jamoa uchun qo‘limdan kelganicha o‘ynayman. Massimilliano Allegridek ajoyib murabbiy bilan birga ishlashimizdan juda xursandman", deydi Manjukich.

Ma'lumot uchun, biroz oldinroq, ushbu futbolchi "Atletiko"dan 18 mln yevro evaziga Turinga keldi. U bu jamoada yiliga 3,5 mln yevro maosh oladi va uning shartnomasi 4 yil muddatga tuzilgan.

Top