17:59 / 23.06.2015
2281

NBC telekanali “Gannibal” serialini yopib qo‘ydi

AQShning NBC telekanali “Gannibal” serialini yopdi. Loyihaning tugatilgani haqida The Hollywood Reporter jurnali ma'lumot berdi.
Serial “Qo‘zichoqlar sukuti” va “Qizil ajdarxo” filmlari orqali mashhur personaj – Gannibal Lekterning bolaligi va yoshligiga bag‘ishlangan bo‘lib, shu paytgacha uning ikki mavsumi namoyish etilgandi.
Serial prodyuseri hamda ssenariy muallifi Brayan Fuller NBC boshqa hech qaysi telekanal jur'at eta olmagan ishni qilib, uch mavsum davomida ushbu filmning dahshatli sahnalarini namoyish etganini, va bu hamkorlik yaxshi mevalar berganini ta'kidlab o‘tdi.
Change.org saytida muxlislar serialni qaytadan boshlash to‘g‘risida petitsiya joylashtirdilar. Petitsiyani allaqachon 20 ming kishi imzoladi.
Serialning 13 qismdan iborat uchinchi mavsumi to‘laligicha namoyish etiladi, shundan so‘ng loyihaga barham beriladi. Bugungi kunda mavsumning uch qismi namoyish etib bo‘lindi.

Top