17:37 / 23.06.2015
3773

"O‘zavtosanoat"ning yangi binosi oldidagi qurilish havozasi qulab tushdi

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasining Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida joylashgan yangi binosi oldida turgan qurilish havozasi qulab tushdiBu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a'zolari ma'lum qilgan.

Guruhga dastlab hodisa fotosuratlari joylashtirilgan, ammo birozdan keyin ular o‘chirilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, havoza kuchli shamol tufayli qulab tushgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.


Top