12:49 / 23.06.2015
2264

O‘zbekiston va Qozog‘istonga Xitoyning Lyanyungan portidan har hafta besh konteynerli poyezd jo‘natiladi

XXRning Lyanyungan shahrida joylashgan port terminalidan Olma-Ota va Toshkentga har hafta beshta konteynerli poyezd yuboriladi. Bu haqda AO KTZ Express prezidenti Sanjar Yelyubayevga tayangan holja “Kazinform” agentligi xabar bermoqda.

Reyslar 2015 yilning ikkinchi yarmidan ishga tushiriladi.

Aytilishicha, portdagi Qozog‘iston-Xitoy terminali 2014 yil mayidan buyon 65 ming konteynerga xizmat ko‘rsatgan. Temir yo‘lning ishga tushirilishi bilan 130 ming tonna yuk tashilgan. Endilikda Lyanyungan-Olma-Ota va Lyanyungan-Toshkent poyezdlari ishga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, Lyanyungan shahri portidagi Xitoy-Qozog‘iston qo‘shma terminali Nursulton Nazarboyevning tashabbusiga ko‘ra ishga tushirilgan. U Qozog‘istonda eksport-import sohasiga temir yo‘l infrastrukturasini kengroq jalb qilish maqsadida ishga tushirilgan.

Top