23:35 / 23.06.2015
5223

Pentagon Rossiya chegarasiga yaqin hududlarga 250 ta og‘ir texnika birligini joylashtirishi haqidagi rejasini ma'lum qildi

AQSh Yevropaning yettita davlatida, jumladan Estoniyada 250 ta og‘ir texnika birligini joylashtiradi, deb aytdi Tallinda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter.

Karter Bradley zirhli mashinalari, o‘ziyurar gaubitsalar va bosh texnika Boltiqbo‘yi davlatlari, Bolgariya, Polsha, Ruminiya va Germaniyada joylashtirilishini ta'kidlab o‘tdi.

Karterning aytishicha, texnikani dastlabki joylashtirishda transportirovka uchun xarajatlarni qisqartirishga imkon berish maqsadida poligonlarning yaqinligi hisobga olinadi. Har bir texnika komplekti rota yoki batalonni ta'minlash uchun mo‘ljallangan. Zarurat bo‘lganda jangovor texnikani mintaqalar bo‘yicha ko‘chirib o‘tkazish mumkin.

“Bu texnikani joylashtirishdan maqsad terrorchilik xavflariga qarshi kurashish hamda Rossiyani ushlab turishda NATO davlatlariga ko‘mak berishdan iborat”, deb aytdi Karter.

Top