17:21 / 23.06.2015
2971

Pokistonda quyosh urishi natijasida halok bo‘lganlar soni 600 kishidan oshdi

Pokiston janubida havo haroratining oshib ketishi natijasida halok bo‘lganlar soni 572 kishiga yetdi. Oxirgi bir kun ichida 400 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq halok bo‘lganlar soni 470 kishiga yetgani ma'lum qilingan edi.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha mahalliy boshqarma vakili Said Mangnejoning so‘zlariga qaraganda, Karachi shahrining to‘rt yirik shifoxonasida 300 kishi olamdan o‘tdi. Halok bo‘lganlarning asosiy qismi 50dan oshgandir.
Karachida havo harorati 45 darajadan oshib ketdi. Dushanba kuni yomg‘ir yog‘ishi natijasida issiqlik biroz tushgan, lekin undan keyin yana quyosh urishi holatlari kuzatildi.

Top