14:50 / 23.06.2015
2063

Reper Diddi 50 ming dollar evaziga hibsdan ozod etildi

Taniqli amerikalik reper P. Diddi (asl ismi – Shon Kombs) o‘g‘lining murabbiyi bilan janjallashgani uchun qamoqqa olingan edi. AP agentligining xabar berishicha, bir necha soatdan so‘ng u 50 ming dollar tovon puli evaziga chiqarib yuborilgan.
Kombs Kaliforniya universiteti hududida qo‘lga olingan. 45 yoshli musiqachi o‘g‘lining amerikacha futbol bo‘yicha murabbiyi bilan talashib qolib, unga qadoqtosh bilan hujum qilgan. Janjalda hech kimga zarar yetmagan.

Top