22:50 / 23.06.2015
1969

Ruminiya o‘z hududida NATOning ikkita markazini qurishga rozilik berdi

Ruminiya qonun chiqaruvchilari mamlakat hududida NATOning ikkita markazi qurilishini bir ovozdan ma'qullashdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Qayd etilishicha, bazalar Buxarestda joylashtiriladi.

Ushbu tashabbusning qabul qilinishiga 283 nafar parlamentariy ovoz berdi.

Ruminiya prezidenti Yoxannis Klaus “Ukraina inqirozi va Rossiyaning bu mintaqadagi tajovvuzkor xatti-harakatlarini hisobga olib” ushbu loyihani qabul qilishga chaqirgan edi.

NATO shunday markazlarni Polsha, Bolgariya, Estoniya, Latviya va Litvada joylashtirishi rejalashtirmoqda.

Top