22:24 / 23.06.2015
2231

Standard & Poor's prognoziga ko‘ra joriy yilda Dubayda ko‘chmas mulk narxi 10-20 foizga arzonlashib ketadi

Standard & Poor's reyting agentligining prognoziga ko‘ra joriy yilda talabning kamayishi tufayli Dubaydagi ko‘chmas mulk obektlari narxi 10-20 foizga arzonlashib ketadi.

“2015 yilda xorijliklar, shu jumladan rossiyalik va Fors ko‘rfazi davlatlari vakillari tomonidan talab ancha susaydi”, deb aytmoqdalar tahlilchilar.

Standard & Poor's mintaqaning iqtisodiyotiga jiddiy ta'sir qiluvchi neft narxi 2016 yilning oxirigacha uncha kuchli o‘smasligini taxmin qilmoqda.

Top