14:41 / 23.06.2015
3603

Toshkentda IIBga yolg‘on ma'lumot asosida shikoyat qilgan odam qamaldi

“Huquq” gazetasida tanishlari ustidan IIBga shikoyat qilib, tuhmat va yolg‘on ma'lumot tufayli o‘zi qamalib ketgan navbatdagi shaxs haqida material e'lon qilindi.
Zafar Komilov tanishi Anvar Akramovdan 10 ming dollar qarzdor bo‘lib qolgan edi. O‘z navbatida, Akramov boshqa tanishi Fattoh Egamovdan 5 ming dollar qarz edi. Uchovlon uzoq bahslardan so‘ng Komilov Akramovga berishi kerak bo‘lgan pulining 5 ming dollarini Egamovga berishiga kelishib olishdi. Komilov keyinroq Egamovga 2 ming dollar keltirib berdi, qolgan qarzini esa uzmadi.

2015 yilning 31 yanvar kuni Komilov Yashnobod tumanidagi oshxonalardan birida o‘tirganida Fattoh Egamov boshqa bir tanishi Ramz Qultoyev bilan shu yerda tamaddi qilayotganini ko‘rib qoldi. U yerdan uchovlon chiqib, Komilovning mashinasida gaplashmoqchi bo‘lishdi. Lekin Komilov qochib ketdi.

Shu voqealardan so‘ng Komilov IIBga murojaat qilib, ikki do‘st undan 65 mln so‘m pulni zo‘rlik yo‘li bilan olib qo‘yganini aytdi. Ariza asosida olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Qultoyev va Egamov bu jinoyatni qilmagani, Komilovning esa yolg‘on ma'lumot bergani aniqlandi. Buning natijasida uning o‘zi javobgarlikka tortildi.

Top