10:27 / 24.06.2015
5174

“Minor” jome' masjidida namozxonlar uchun uyushtirilgan iftorlikda 500 kishi qatnashdi

Toshkent shahrining “Minor” jome' masjidida namozxonlar tashabbusi bilan iftorlik dasturxoni tashkil qilinmoqda. Ushbu tadbirga dini, millati, ro‘za tutgan va tutmaganidan qat'i nazar barcha taklif etilmoqda. 22 iyun kungi iftorlik dasturxonida ham 500 kishi ishtirok etdi.

"Ushbu iftorliklar xuddi Harami sharifdagi iftorliklarni eslatib yubordi. Musulmonlarning mana shunday go‘zal tadbirlariga ko‘pchilik xavas qilmoqda”, deydi “Minor” jome' masjidi imomi Rahmatulloh qori Habibulloh o‘g‘li.

Rahmatulloh qori Habibulloh o‘g‘li barchani ushbu iftorlik dasturxoniga taklif etib, hozirgi qisqa kechalarda iftorlikka xonadonlarga bormasdan, shu yerda birgalashib iftor qilib, keyin shoshilmasdan masjidga kelishni tavsiya qildi.

Top