22:35 / 24.06.2015
2464

Fransiyalik siyosatchilar Snoudenga siyosiy boshpana taklif qilmoqdalar

Yevroparlamentning fransiyalik deputati Yannik Jado AQSh maxsus xizmatlari tomonidan fransuz prezidentlari kuzatilganiga javoban AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenga siyosiy boshpana berishni taklif qildi. Bu haqda Le Figaro gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning ma'lumotlariga ko‘ra, Jado “siyosiy boshpanaga ehtiyoj sezayotgan Edvard Snoudenga pasport berishni” talab qilmoqda. Jado agar Fransiya Snoudenni qabul qilsa, AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi AQSh tomonidan josuslik qilingani haqida ko‘proq ma'lumotlar bilan bo‘lishishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq WikiLeaks saytida AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Jak Shirak, Nikolya Sarkozi hamda Fransua Olland ortidan josuslik qilganini tasdiqlovchi hujjatlar paydo bo‘lgandi.

Top