10:36 / 24.06.2015
1626

Getty Images kompaniyasi Google`ni antimonopol qonunchilikni buzganlikda ayblamoqda

Getty Images kompaniyasi Yevrokomissiyaga Google ustidan shikoyat qilgan bir qator kompaniyadar qatoriga qo‘shildi.

Fotoarxiv yig‘uvchi kompaniya vakillarining fikricha, Google qidiruv maydonida fotosuratning asl fayliga havola foydalanuvchi uni qiyin topadigan qilib joylashtiriladi.

“Bu Google kompaniyasi Getty Images kontentidan foydalanishda foydalanuvchilar fotobank saytiga o‘tmasidan daromad olayotganini bildiradi”, deb aytilmoqda kompaniya saytida.

Bundan tashqari, fotoagentlikda Google foydalanuvchilarga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib fotosuratni saqlash imkonini berishi, bu esa “asl kontentning ommaviy o‘g‘irlanishiga” olib kelishi ta'kidlanmoqda.

Avvalroq Google foydalanuvchilarni tinglash bilan shug‘ullanishda ayblangan edi.

Top