19:28 / 24.06.2015
2130

IATA 2014 yilning eng yirik aviakompaniyalari reytingini e'lon qildi

Havo transporti xalqaro uyushmasi (IATA) 2014 yilning yo‘lovchilar soniga ko‘ra eng yirik aviakompaniyalari reytingini e'lon qildi.
Aniqlanishicha, 2013 yilda bo‘lganidek, bu yil ham eng xaridorgir reyslar AQShning Delta Air Lines kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi – bir yil davomida uning laynerlari 129.4 mln kishini tashidi.
Undan keyingi o‘rinlarni AQShning Southwest Airlines (129.1 mln yo‘lovchi) va Xitoyning China Southern Airlines (100.7 mln yo‘lovchi) kompaniyalari egalladi.
Xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish bo‘yicha dastlabki uch o‘rinni Irlandiyaning Ryanair (86.37 mln yo‘lovchi), Britaniyaning EasyJet (56.31 mln yo‘lovchi) va Germaniyaning Lufthansa (48.24 mln yo‘lovchi) kompaniyalari egalladi.

Top