10:12 / 24.06.2015
1492

Istomin Nottingem turnirining chorak finaliga chiqdi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti. U ilk davrada ispaniyalik Nikolas Almagroni 6:4, 6:1 hisobida taslim etgandi.

23 iyun kuni yakuniga yetgan ikkinchi davra bahsida Istomin Xuan Monakoni ortiqcha qiyinchiliksiz 6:1, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. E'tiborlisi, argentinalik tennischi dunyo reytingida 35-pog‘onadan joy olgan bo‘lib, ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlagan edi.

Taqqoslash uchun, Istomin ATP reytingida 83-o‘rinni egallab turibdi. Endi u navbatdagi bosqich uchrashuvida Sergey Staxovskiy bilan to‘qnash keladi. Ukrainalik raketka ustasi ikkinchi davrada Stiv Jonsonni 6:4, 6:3 hisobida yengdi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning mukofot jamg‘armasi 644,065 yerodan iborat. G‘olib 79,345 yevro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Top