18:36 / 24.06.2015
3503

KFC mijozdan “qovurilgan kalamush” uchun uzr so‘rashni talab qildi

Kaliforniyadagi KFC fastfud restorani unga tovuq naggetsi o‘rniga qovurilgan kalamush berilganini iddao qilgan mijozdan uzr so‘rashni talab qildi. “Kalamush” DNKsi mustaqil laboratoriyada tadqiq etilgach, restoran mutasaddilari mijozni aldoqchilikda aybladi. Bu haqda FoxNews xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, rahbariyat nafaqat genetiklarga murojaat qilgan, balki xodimlar orasida ham surishtiruv olib borgan. Tarmoq vakili Rodrigo Koronelaning so‘zlariga qaraganda, bu chora-tadbirlar restoranni tanqidga olgan xaridor Devorayz Diksonning nohaq ekanligini isbotlab bergan. Dikson hamda u yollagan huquqshunos hozircha bu ayblovlarga javob bermadi.
Ilgariroq xaridor tarmoq restoranlaridan biriga kirganida, unga olib kelingan ovqat shaklan qovurilgan kalamushni eslatishini ko‘rib, noroziligini bildirgani hamda mahsulot rasmini internetda e'lon qilgani xabar qilingan edi. Tarmoq menejyerlari mijoz bilan bog‘lanishga harakat qilgani, ammo u qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan edi. Axiyri u huquqshunos yollab, mahsulotning bir bo‘lagini mustaqil ekspertiza uchun taqdim etishga rozi bo‘ldi.

Top