09:09 / 24.06.2015
1390

"Liverpul" Firminoni transfer qilish bo‘yicha "Xoffenxaym" bilan kelishuvga erishdi

"Xoffenxaym" jamoasining braziliyalik yarimhimoyachisi Roberto Firmino keyingi mavsumda faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishga yaqin turibdi.

Sky Sports nashri ma'lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar germaniyaliklar bilan bu 23 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan.

Xabarlarga ko‘ra, "Liverpul" bu futbolchi uchun 25 mln yevro taklif qilgan va u bilan 5 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Firmino o‘tgan mavsumda Germaniya bundesligasida 7 gol urdi va 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top