12:40 / 24.06.2015
3960

Marvel studiyasi "O‘rgimchak odam"ning yangi ijrochisini tanishtirdi

Marvel studiyasi tomonidan "O‘rgimchak odam" filmining keyingi qismlarida bosh qahramonni ijro etadigan aktyor nomi ma'lum qilindi.

The Telegraph nashrida yozilishicha, endi Piter Parker rolini 19 yoshli britaniyalik aktyor Tom Xolland o‘ynaydi.

Ma'lum qilinishicha, bu filmning keyingi qismi 2017 yilning 28 iyulida katta ekranlarga chiqariladi.

Ma'lumot uchun, Xolland 2012 yilda "Ilojsiz ish" filmidagi ishtiroki uchun mukofotlangan. U shuningdek, Marvel studiyasi tomonidan ishlangan "Birinchi qasoskor: Fuqarolik urushi" filmida ham rol ijro etgan.

Top