22:29 / 24.06.2015
2533

Olland va Obama telefonlar tinglanishi haqidagi xabarlarni muhokama qilishdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland va AQSh prezidenti Barak Obama AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 6 yil mobaynida frnatsuz yetakchilari ortidan josuslik qilgani haqida paydo bo‘lgan xabarlarni muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Yelisey saroyida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, Obama Ollandga AQSh hukumati Fransiya siyosiy rahbariyati telefonlarini tinglash amaliyotidan voz kechganini tasdiqladi.

Avvalroq Fransiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh maxsus xizmatlari tomonidan Fransiya rahbariyati telefonlari tinglanishi bilan bog‘liq mojaro sababli AQSh elchisini chaqirtirgan edi. Wikileaks da chop etilgan hujjatlarga ko‘ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 6 yil davomida Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Olland ortidan josuslik qilgan.

Top