18:23 / 24.06.2015
1617

Rossiya futbol ittifoqi Fabio Kapelloning terma jamoaga murabbiylik qilishda davom etishini yoqlab chiqdi

Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo‘mitasi italiyalik mutaxassis Fabio Kapello Rossiya terma jamoasiga murabbiylik qilishda davom etishini yoqlab chiqdi. Bu, TASS agentligining xabar berishicha, qo‘mitaning bugun bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida ma'lum qilingan.
Tashkilot rahbarligini vaqtinchalik 88 yoshli Nikita Simonyan egallab turibdi. Yig‘ilishdan so‘ng o‘tkaziladigan matbuot anjumanida Simonyan Kapelloning kelajagi haqidagi oxirgi qarorni e'lon qilishi kutilmoqda.
Kapello Rossiya terma jamoasiga 2012 yilning iyulidan buyon murabbiylik qilmoqda. 2014 yil yanvarida u shartnomani yana 4 yilga uzaytirdi. Murabbiyning maoshi yiliga 7 yevroni tashkil qiladi.
Oxirgi yil davomida terma rasmiy uchrashuvlarda faqat bitta g‘alaba qozondi. Shunga qaramay, Kapello bilan shartnoma muddatidan ilgari to‘xtatilsa, futbol ittifoqi mutaxassisga 20 mln yevro miqdorida tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Top