18:00 / 24.06.2015
6882

Rustam Azimov: O‘zbekistonning tashqi qarzi YaIMning taxminan 16 foizini tashkil qiladi

O‘zbekistonning tashqi qarzlari taxminan yalpi ichki mahsulot hajmining 16 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha majlisi jarayonida ma'lum qilgan deb yozadi «Uzbekistan Today».

«Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonning ichki qarzlari nol qiymatga teng. Tashqi qarzlari esa YaIMning taxminan 16 foizini tashkil etmoqda», deydi Azimov.

Shuningdek u 2000 yildan buyon dollarga hisoblaganda O‘zbekistondagi YaIM miqdori 5 martadan ortiqroq bo‘lganini ta'kidladi. 2005 yildan boshlab savdo va to‘lov ijobiy balansi, shu bilan birga davlat byudjyetining barqaror profitsiti saqlanib qolingani ham aytib o‘tilgan.

Top