20:27 / 24.06.2015
2485

Xo‘jayli nazorat o‘tkazish punkti vaqtinchalik yopildi

O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegarasida joylashgan Xo‘jayli nazorat o‘tkazish punkti faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi sayti orqali ma'lum qilindi.
Aytilishicha, punktning vaqtinchalik yopilishiga u yerda olib borilayotgan ta'mirlash ishlari sabab bo‘lgan.

Top