10:32 / 24.06.2015
2009

Xorazmlik "Yilning eng yaxshi hunarmandi" Spark bilan taqdirlandi

Hunarmand Allanazar Sa'dullayev “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovida “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi va Prezidentimiz sovrini – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Usta Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘ida istiqomat qiladi va chorak asrdan buyon tarixiy yodgorlik va muqaddas qadamjolarni ta'mirlash ishlarida faol qatnashib kelmoqda.

Kulollar sulolasining yettinchi avlodi bo‘lmish Allanazar Sa'dullayev ukalari Bahodir va Odilbek bilan birga ajdodlaridan meros qolgan koshin tayyorlash texnologiyasini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan.

"Usta kulol bo‘lib elga tanildim. Ko‘p muvaffaqiyatlarga erishdim. Lekin ular orasida "Tashabbus"dagi g‘oliblik eng yuksak g‘alabam bo‘ldi", – deydi hunarmand A.Sa'dullayev.

Avvalroq “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovida namanganlik  fermer Ilyos Botirov “Yilning eng yaxshi fermeri” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topilib, Spark avtomobili bilan taqdirlangani haqida xabar qilingandi.

Top