11:51 / 25.06.2015
2479

Aka piyonista ukasining qotilligida ayblandi

Nasimjon ismli shaxs ukasi Ravshanni janjal paytida o‘ldirib qo‘ygani tufayli jazoga tortildi. Voqea tafsilotlari “Darakchi” gazetasi orqali yoritildi.
Ma'lum bo‘lishicha, kenja farzand Ravshan ichkilikka berilib, oila a'zolarini ko‘p qiynagan. Uch marta uylanib, ajrashgan va bolalarini yetim qilgan. Uning qiliqlarini ko‘tara olmagan otasi va onasi olamdan o‘tgan.
Bir ma'rakada katta akasi Ravshanning mast yurganini ko‘rib, uni koyigan. Lekin u ukasidan musht yeb, shu bilan o‘rnidan turmagan. Qarindoshlari ukasining qamalishini istamagani uchun bu jinoyatni xaspo‘shlagan.
Bir safar Ravshan Qozog‘istonga ishlashga ketib, bir oyda qaytib kelgan va to‘g‘ri opasi Lolaning uyiga kelgan. U yerda ham aroq ichib, mast bo‘lgach, akalarini va pochchalarini chaqirgan va janjal chiqargan. Nasimjon ukasini tinchlantirish uchun uni uyiga olib ketgan, ammo janjal u yerda ham davom etgan. Shunda jahl ustida Nasimjon bolta bilan ukasining boshiga zarba bergan. Ravshan olingan jarohatlardan vafot etgan.

Top