16:37 / 25.06.2015
1347

"Bavariya" Duglas Kostani 35 mln yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

"Shaxtyor" jamosining braziliyalik yarimhimoyachisi Duglas Kosta o‘z faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi.

Sport1.de nashrida yozilishicha, myunxenliklar bu 24 yoshli futbolchi uchun 35 mln yevro to‘lashga tayyor.

Manbada aytilishicha, "Bavariya" "Shaxtyor" bilan bu transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan va endi ayni vaqtda Amerika Kubogi-2015 turnirida Braziliya terma jamoasi bilan o‘z ishirokini davom ettirayotgan Kosta bilan shaxsiy kelishuvni imzolash ishlari qolgan.

Duglas Kosta germaniyaliklar jamoasi bilan 4 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda.

Top