07:25 / 25.06.2015
1695

"Chelsi" Obi Mikel bilan xayrlashdi

"Chelsi"ning nigeriyalik yarimhimoyachisi Jon Obi Mikel bilan shartnoma bekor qilindi va u jamoani tark etdi.

Londonliklar keyingi mavsumlar uchun uning xizmatlaridan foydalanmasliklarini ma'lum qilishgan.

O‘z navbatida uning ketishi evaziga tejaladigan mablag‘ hisobidan "Chelsi" Ramiresga yangi shartnoma taklif qilgan.

Xabar qilinishicha, Obi Mikelga BAAning o‘tgan mavsumdagi chempioni "Al-Ayn" jamoasidan qiziqish mavjud.

Ma'lumot uchun, bu 28 yoshli futbolchining shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Top