15:43 / 25.06.2015
1550

Dilshod Nuraliyev olimpiya terma jamoasida katta murabbiy sifatida ishlaydi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining katta murabbiyi sifatida ish boshlaydigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston terma jamoalarining so‘nggi o‘yinlarini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazganligi to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Ijroiya Qo‘mitasi majlisida ma'lum qilindi.

O‘FF matbuot xizmatining yozishicha, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempioni qilgan Dilshod Nuraliyev O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining katta murabbiyi etib tayinlandi. Nuraliyev O‘FF bilan shartnoma imzolanishi bilan «Paxtakor» jamoasidagi vazifasidan ozod etiladi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralashidagi ishtirokini ham o‘ta qoniqarsiz deb baholangan. Natijada Baxtiyor Ashurmatov o‘z arizasiga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasidan ozod etilib, uning o‘rnini «Paxtakor» futbol klubida turli lavozimlarda ishlab kelgan Viktor Jalilov tayinlangandi.

Top