19:22 / 25.06.2015
7448

Dunyodagi eng ma'yus mushukcha Instagram yulduziga aylandi

Luxu ismli mushukcha o‘zining g‘ayritabiiy ma'yus ko‘rinishi bilan Instagram ijtimoiy tarmog‘ining yulduziga aylandi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.
Mushukchaning xo‘jayini Meggi Lyu tomonidan ochilgan sahifaga 29 ming foydalanuvchi obuna bo‘ldi.

Mushukchaning muxlislari uning kayfiyati ko‘tarilgan-ko‘tarilmaganini muntazam ravishda kuzatib borishadi, lekin hozircha jonivor ma'yusligicha qolmoqda. Ta'kidlanishicha, na o‘yinchoqlar, na boshqa mushuklar bilan muloqot vaziyatga o‘zgaritirish kiritmayapti.

Aslida esa, aniqlanishicha, mushukcha unchalik ma'yus emas, bu shunchaki uning ko‘rinishidir. U xo‘jayini va yana ikki mushuk bilan birga Xitoyda yashab kelmoqda.

Top