18:13 / 25.06.2015
11339

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi “Shayx Zayniddin” masjidida namozxonlar bilan suhbat o‘tkazdi

Ramazon oyi munosabati bilan ayni kunlarda O‘zbekisitondagi ko‘plab masjidlarda xatmi Qur'on o‘qilib, taroveh namozlari ado etilmoqda. Ularda mingga yaqin qorilar namozxonlarga xizmat qilmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan diniy ulamolarimiz va ustozlarimizni yurtimiz masjidlarida bo‘lib, mazmunli suhbatlar uyushtirilishi tashkil etilmoqda.

25 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” jome' masjidiga tashrif uyushtirdi.

Muftiy jamoat bilan peshin namozini ado etgach, namozxonlar bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbatda Usmonxon Alimov yurtdoshlarni Ramazon oyi bilan yana bir bor tabriklab, ushbu oyning fazilati haqida ma'veza qildi. Ma'veza so‘nggida jahon maydonidagi terrorizm balosi, O‘zbekistondagi tinchlik va uning shukronasi xaqida ham to‘xtalib o‘tdi hamda namozxonlar va yurtimizdagi tinchlik yo‘lida xizmat qilayotganlar haqqiga duo qildi.

Shundan so‘ng, muftiy “Shayx Zayniddin” qabristonida bo‘lib, Shayx Zayniddin buva qolaversa, qabristonga dafn etilgan mo‘min musulmonlar xaqlariga duoi fotiha qildi.

Qabriston ziyoratidan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov masjidda namozxonlarga yaratilgan shart - sharoit bilan tanishib, kerakli tavsiyalarni izhor etdi.


“Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz

Top