11:08 / 25.06.2015
1642

Qirg‘iziston mudofaa vaziri Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Qirg‘iziston mudofaa vaziri Abibilla Qudayberdiyev 24-26 iyun kunlari Qozog‘istonda rasmiy safar bilan bo‘ladi. U qo‘shni mamlakatga qozog‘istonlik hamkasbi Imang‘ali Tasmag‘ambetov taklifi bilan borgani aytilmoqda.
Qirg‘iziston mudofaa vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 24 iyun kuni Qirg‘iziston qurolli kuchlari delegatsiyasi Ostonaga yetib borgan.
Tashrif doirasida Qudayberdiyev va Tasmag‘ambetov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Top