16:27 / 25.06.2015
1840

Samvel Babayan bir vaqtning o‘zida olimpiya terma jamoasi natijalariga ham javob beradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining natijalariga ham javob beradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Ijroiya Qo‘mitasi yig‘ilishida ma'lum qilingan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy vazifasi 2018 yilgi jahon chempionatining final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish qilib belgilandi va buning uchun Samvel Babayan javobgar ekanligi belgilab qo‘yildi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi shu bilan birga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining faoliyatini bevosita nazorat ostiga olib, uning natijalari uchun javobgar ekanligi ham O‘FF Ijroqo‘mi qarori bilan belgilab qo‘yildi, deb yozadi rasmiy manba.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining asosiy vazifasi 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasini qo‘lga kiritish qilib belgilandi. Babayan va Jalilov yangi ko‘rinishdagi murabbiylar shtabini 1 hafta muddat ichida tasdiqlash uchun O‘FF rahbariyatiga topshiradi.

Top