18:30 / 25.06.2015
1981

"Sergeli" bozoridan avtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Toshkent shahar Sergeli tumani IIB navbatchilik qismiga Olmazor tumanida yashovchi fuqarodan, uning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomobil noma'lum shaxslar tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan

Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, ariza muallifi avtomashinasini "Sergeli" avtomobil bozori hududida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma'lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida istiqomat qiluvchi 48 yoshli ayol va 18 yoshli yigit qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top