19:41 / 25.06.2015
2226

Sochida suv toshqini tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda

Sochida toshqin oqibatida suv ostida qolgan hududlardan aholi evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi ma'muriyati matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ushbu vaziyat o‘lkaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyasida Krasnodar o‘lkasi vaqtinchalik gubernator vazifasini bajaruvchi Veniamin Kondratev boshchiligida ko‘rib chiqildi.

“Xerota daryosi sohillaridan chqib ketishi oqibatida temiryo‘l vokzali suv ostida qoldi, Adlergacha poyezdlar harakatlanishdan to‘xtadi. Aeroport ham bir metr suv ostida qoldi. Hozirda aeroportda 2 mingga yaqin yo‘lovchi qolmoqda”, deb xabar bermoqda Sochi meri Anatoliy Paxomov.

Qayd etilishicha, ayni paytda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga 200 dan ortiq odam va 20 ga yaqin texnika birligi jalb qilingan.

Avvalroq Sochi xalqaro aeroporti tabiiy ofat tufayli samolyotlarning kelishi va jo‘nashiga yopilgani ma'lum qilingandi.

Top