16:05 / 25.06.2015
4191

Terma jamoalar oldiga qo‘yilgan vazifalar uddalanmasa, Asqar Tolibjonov va Rustam Akramov butun umrga futboldan chetlatiladi

O‘FF qoshidagi terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov markaz texnik direktori Rustam Akramov butun umrga futboldan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Mirabror Usmonov O‘zbekiston terma jamoalarining so‘nggi o‘yinlarini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazganligi to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Ijroiya Qo‘mitasi majlisida ma'lum qildi.

Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va texnik direktor Rustam Akramov ish shu darajada davom etib, terma jamoalar oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilmasa, futboldan butun umrga chetlatilishi mumkinligi aytib o‘tildi, deb yozadi O‘FF matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yili Rio-de Janeyroda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani boy bergan taqdirda mazkur ikki mutaxassis terma jamoalar markazidan ketishi haqida ogohlantirilgandi.

Top