15:57 / 25.06.2015
2638

Turkiya Kobani shahri "IShID" tomonidan bosib olingani haqidagi xabarni inkor qildi

Turkiyaning Shonliurfa viloyati gubernatori "IShID" jangarilari tomonidan Kobani shahri bosib olingani haqidagi ma'lumot xato ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda 15 kishi halok bo‘lib, 70 kishi jarohat olgan.

Biroz oldinroq, jangarilar Suriyaning Turkiya bilan chegara hududida joylashgan Kobani shahriga hujum qilgani xabar qilingandi.

Keyinroq ba'zi OAVlarda shahar jangarilar tomonidan egallangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Top