00:10 / 26.06.2015
6718

Alina Kabayeva “Natsionalnaya Media Gruppa” direktorlar kengashi raisi lavozimida qoldi

Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni Alina Kabayeva “Natsionalnaya Media Gruppa” direktorlar kengashi raisi lavozimida qoldi. Bu haqda kompaniya bergan bayonotda ma'lum qilinmoqda.

Kabayeva ilk bor 2014 yilda ushbu lavozimga tayinlangan. Bungacha Kabayeva 6 yil davomida kompaniyaning jamoatchilik kengashi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Mediaxoldingning bosh direktori etib Dmitriy Mansurov tayinlandi.

“Natsionalnaya Media Gruppa” kompaniyasi “Peterburg – Pyatyy kanal” teleradiokompaniyasining 72,4%, Birinchi kanalning 25%, ReN-TV telekanalining 68%, “Izvestiya” gazetasining 73,2%, “Russkaya slujba novostey” radiostansiyasi va “Art Pikchers Vijn”ning 50% iga egalik qiladi. Kompaniya, shuningdek, “Metro-Peterburg” gazetasi boshqaruvini amalga oshiradi.

Top