07:05 / 26.06.2015
2415

Amerika Kubogi-2015: Peru Gerreroning xet-trigi evaziga Boliviyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi

25 iyun kuni Chilining Temuko shahridagi "Xerman Bekker" o‘yingohida Amerika Kubogining yana bir chorak final bahsi o‘tkazildi.

Boliviya va Peru o‘rtasidagi bahs peruliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gerreroning xet-trigiga o‘yinning oxirrog‘ida Moreno bir gol bilan javob qaytardi.

Endi Peru musobaqa mezbonlari Chili terma jamoasiga qarshi final yo‘llanmasi uchun 30 iyun kuni maydonga chiqadi.

BoliviyaPeru – 1:3
Gollar: Gerrero, 20 (0:1); Gerrero, 23 (0:2); Gerrero, 74 (0:3); Moreno, 84 (1:3, pen).
Ogohlantirishlar: Bexarano, 35; Eskobar, 69; Pedriel, 73; Moreno, 86 – Advinkula, 31; Galese, 61; Yotun, 89; Reyna, 90+4.

Top