10:31 / 26.06.2015
2974

BMT: Yamanda 2.8 ming kishi urush qurboniga aylandi

Yamanda joriy yilning martida ixtilof boshlanganidan buyon 2.8 ming kishi halok bo‘ldi, 13 ming kishi jarohat oldi. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O’Brayyen ma'lumot berdi.

Uning fikricha, Yaman gumanitar fojia ostonasida turibdi. Aholining 80 foizi yoki 21 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj.

O’Brayyen ixtilof tomonlari “inson hayotini zarracha qadrlamasliklarini” ko‘rsatdi deb hisoblaydi, negaki to‘qnashuvlar davomida maktablar, elektr stansiyalari, shifoxonalarga zarba berildi.
20 mln.dan ortiq odam tibbiy yordam va toza suvga muhtojligi aytildi. 160 shifoxona dorining va boshqa resurslarning yetishmasligi tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni tomonidan dengiz qamalining joriy qilinishi natijasida Yamanga ixtilofga qadar olib kirilayotgan import mahsulotlarining faqat 15 foizi yetib kelmoqda.

Top