20:20 / 26.06.2015
5026

Kuvaytdagi terakt qurbonlari soni 24 nafarga yetdi

Kuvaytdagi masjidlardan birida uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 24 nafarga yetdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi. Avvalroq 8 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

26 iyun kuni Kuvayt poytaxti Al-Kuvaytdagi shialar masjidida juma namozi paytida portlash sodir etildi. Portlovchi qurilmani terrorchi-xudkush harakatga keltirgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Top