22:15 / 26.06.2015
2452

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Harbiy-dengiz kuchlari bazasi ochilishida ishtirok etdi

Ozarboyjon Qurolli kuchlarining 97 yilligi munosabati bilan mamlakat prezidenti va Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ilhom Aliyev Qoradog‘ tumanidagi yangi Harbiy-dengiz kuchlari bazasi ochilishida ishtirok etdi.

Oxu.Az portalining xabar berishicha, tadbir boshida mamlakat rahbari umummilliy rahnamo, o‘z otasi Haydar Aliyev haykaliga gulchambar qo‘ydi.

Ozarboyjon Mudofaa vaziri, general-polkovnik Zokir Hasanov Ilhom Aliyevga raport berdi. Ilhom Aliyev yangi bazaning rejasi bilan tanishib chiqdi. So‘ngra tantanali ravishda bazaning ochilishini bildiruvchi qizil tasmani kesdi hamda bazaning shaxsiy tarkibi bilan uchrashdi.

Ilhom Aliyev askarlarni qarshiladi hamda ular oldida nutq so‘zladi. So‘ngra mamlakat prezidenti bazada yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Top