20:43 / 26.06.2015
4715

O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 26-28 iyun kunlari respublikamizning ba'zi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Tog‘li hududlarda o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lib, ba'zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/sek tezlik bilan esadi, ba'zi joylarda 7-12 m/sek gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 21-26° atrofida bo‘ladi. 26-30 iyun kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor.

Toshkent shahrida ham havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sek tezlik bilan esadi, 15-20 m/sek gacha kuchayish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 19-21°, kunduzi 34-36° atrofida bo‘ladi.

Top