16:04 / 26.06.2015
5047

Putin va Obama muloqot o‘rnatishni istaydi

Rossiya va AQSh prezidentlari ziddiyatlarni hal qilishning o‘zaro muloqot o‘rnatishdan boshqa yo‘lini ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.
Ilgariroq ikki davlat rahbari o‘rtasida Kreml tashabbusi bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.
“Telefon suhbati ancha davom etib, yaxshi ruhda kechdi, – ushbu yangilikni sharhlab o‘tdi Peskov. – ayrim masalalarda ziddiyatlar mavjudligiga qaramay, ularning yechimini birgalikda topish uchun faqat muloqot o‘rnatish talab qilinishi alohida qayd etib o‘tildi”.

Top