00:17 / 26.06.2015
3778

Shveytsar kompaniyasi issiq havoda erimaydigan shkolod ixtiro qildi

Shveytsariyaning Barry Callebaut kompaniyasi issiq havoda erimaydigan shkolod ishlab chiqarishni boshladi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

“Agar biz Xitoy yoki Hindistonda shokolad sotishni istasak, nimanidir o‘zgartirishimiz kerak edi”, deb aytdi kompaniyaning ilmiy-tadqiqot bo‘limi rahbari Frederik Dipayper.

Dipayperning aytishicha, yangi navdagi shokolad 38 gradus issiqda ham erimaydi.

Ishlab chiqaruvchi uchun shokoladning fizik xususiyatlarini o‘zgartirib, uning ta'mini saqlab qolish zarurati katta muammo bo‘ldi. Kompaniya 55 gradusgacha dosh bera oladigan shokolad ham ishlab chiqara olishi mumkin, biroq bunday shokoladning ta'mi qoniqarsiz holga kelib qoladi.

Kompaniya bu navdagi shokoladni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Afrikada sotishni rejalashtirmoqda. 2019 yilga kelib kompaniyaning savdo aylanmasi 48 mlrd dollargacha yetishi kutimloqda.

Top