16:26 / 26.06.2015
2298

Sochida elektr va suv uzatish tiklandi

Sochining toshqindan zarar ko‘rgan hududlariga elektr va suv uzatish tiklandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Kubanenergo” kompaniyasining xabar berishicha, ayni paytda 250 transformatorli stansiyalar ishga tushirilgan, ular toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni elektr quvvati bilan ta'minlab turibdi.
Elektr ta'minoti yo‘lga qo‘yilgach, nasos stansiyalari ham qaytadan ishga tushirildi, deb xabar beradi “Sochivodokanal”.
Tiklash ishlariga “Kubanenergo”ning 90 kishilik 22 brigadasi, “Sochivodokanal”ning yuzga yaqin ishchisi hamda 40 texnika birligi jalb qilingan.

Top